O’zbekiston O‘zbekistondan olxo‘ri eksporti 1,3 ming tonnaga oshdi

O‘zbekistondan olxo‘ri eksporti 1,3 ming tonnaga oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 1,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,5 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan.

Olxo‘ri eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 ming tonnaga oshgan.

2023-yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p Qozog‘istonga 2,1 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan.