O’zbekiston Onasi xorijda vafot etgan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Onasi xorijda vafot etgan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Xorazmlik ayol voyaga yetmagan farzandi bilan joriy yilning iyun oyida ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasiga boradi. Ona qishloq xo‘jaligi sohasida noqonuniy ishlash jarayonida ehtiyotsizligi va baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi.

Marhum jasadi uning qarindoshlari tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan, ammo hujjatlardagi muammo sabab farzandi Rossiyada qolib ketadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berishicha, ushbu masalada qarindoshlarining agentlikka murojaati asosida Agentlikning Krasnodardagi vakili hamda Xorazm viloyati filiali hamkorligida vafot etgan fuqaroning 2014-yilda tug‘ilgan farzandi G.B tog‘asi X.B. hamrohligida Xorazm viloyati Gurlan tumaniga olib kelindi.