O’zbekiston DXX: Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan andijonlik fuqaro 8 yilga qamaldi

DXX: Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan andijonlik fuqaro 8 yilga qamaldi

Andijon viloyatida yashovchi I.U. 2021-2022-yillarda Turkiyada ishlagan davrida Suriyadagi terroristik tashkilot yollovchilarining ta’siriga tushib, ularning safiga borib qo‘shilishni reja qiladi.

Shu maqsadda u bir necha bor Suriyaga o‘tishga urinadi, lekin turk chegarachilari bunga imkon bermaydi. Ammo, navbatdagi urinish vaqtida u harbiylar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

Mazkur shaxs Andijonga qaytib kelganidan keyin ham ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik tashkilot a’zolari bilan aloqada bo‘ladi.
DXX tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida I.U.ning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilib, 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.