Prokuratura Toshkentda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkentda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.A. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) 4 000 AQSH dollarini fuqaro D.A.ga 46,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.G. fuqaro G.K.dan 3 200 AQSH dollarini 37,2 mln so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 10 mln so‘mni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.E. 3 000 AQSH dollarini fuqaro S.D.ga 35 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 170 AQSH dollari va 1 125 Qozoq tengesi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.