O’zbekiston “O‘zgidromet” 15-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 15-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 15-iyul, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38 daraja, janubda ba’zi joylarda 40-41 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-37 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29 daraja bo‘ladi.