O’zbekiston Ekologiya vazirligi Toshkentda havo ifloslanishining muhim omillari haqida aytdi

Ekologiya vazirligi Toshkentda havo ifloslanishining muhim omillari haqida aytdi

Ekologiya vazirligi Toshkentda havo ifloslanishining 7 ta omilini sanadi:

▪️Toshkentda yashil hudud kamaygan. Jumladan, moratoriy davrida 49 mingga yaqin daraxtlar noqonuniy kesilgan.
▪️Shaharsozlik bosh rejalari tasdiqlanmasdan, qurilish ishlari betartib amalga oshirilmoqda.
▪️Mashinalar soni. Shaharda bir kunda oʻrtacha 730 ming transport harakatlansa, qoʻshimcha ravishda 160-300 ming mashina kirib kelmoqda.
▪️Tirbandliklar. Bunday paytda toʻxtab turgan avtomobil harakatlanayotganga nisbatan atmosferaga koʻproq tashlama chiqaradi.
▪️Energiya resurslariga talab ortishi koʻmir yoqilgʻisidan foydalanish hajmi koʻpayishiga olib kelmoqda.

▪️Issiqlik markazlarida qoʻshimcha yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanish ortmoqda.

▪️Toshkent togʻlar bilan oʻralgan va chuqurlikda joylashgan. Shamol aylanmasligi hisobiga chang shaharda turib qoladi va tabiiy yoʻl bilan chiqib ketmaydi.
✈️ @taftish_uz