O’zbekiston “O‘zgidromet” 24-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 24-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 24-iyul, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 37-42 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-44 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momoqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35 daraja bo‘ladi.