O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi “Call-center” ishga tushirildi

Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi “Call-center” ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish, fuqarolarga real vaqt rejimida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida “Call-center” ishga tushirildi.

“Call-center” orqali O‘zbekiston Respublikasi sayloviga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.

“Call-center” raqami: 1200

1200 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish bepul.