O’zbekiston O‘zbekiston Prezidentining Maxsus vakili Yevropa tinchlik instituti Konfliktologiya markazi maslahatchisi bilan muzokaralar...

O‘zbekiston Prezidentining Maxsus vakili Yevropa tinchlik instituti Konfliktologiya markazi maslahatchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Yevropa tinchlik instituti Konfliktologiya markazi maslahatchisi Patrik de Vri bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, dunyo davlatlarining ushbu mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklash, afg‘on xalqiga gumanitar va boshqa yordamlar ko‘rsatish borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilindi.

Yevropa tomoni O‘zbekiston tomonining Afg‘onistonning yangi hukumatiga nisbatan hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashdagi dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan birlashgan mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish borasidagi qo‘ygan pragmatik qadamlarini yuqori baholadi.

Patrik de Vri Yevropa davlatlarining O‘zbekiston bilan Afg‘oniston yo‘nalishida kelishilgan harakatlari muhimligini alohida taʼkidladi.