Sport va turizm Yoshlar siyosati va sport vazirligining Hayʼat oldi yigʻilishi oʻtkazildi

Yoshlar siyosati va sport vazirligining Hayʼat oldi yigʻilishi oʻtkazildi

Kecha, 14-iyul kuni  yoshlar siyosati va sport sohasida oʻtgan 6 oyda amalga oshirilgan ishlar hamda navbatdagi muhim vazifalarga bagʻishlangan vazirlikning Hayʼat oldi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Maʻlum qlinishicha, yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ishlash va sport sohasini transformatsiya qilish boʻyicha qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ishlab chiqilgan metodik qoʻllanma taqdimoti hamda joylarda yoshlar bilan ishlash va sport sohasini oʻrganish boʻyicha Respublika Ishchi guruhi faoliyati yakunlari koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, yigʻilishda sohada joriy yil I yarim yillikda ijro intizomiga rioya qilish holati, bu borada amalga oshirilgan baholash natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash masalalari tanqidiy muhokama qilindi.