O’zbekiston Saylovchilarning 52,16 foizi ovoz berib bo‘ldi – MSK

Saylovchilarning 52,16 foizi ovoz berib bo‘ldi – MSK

Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida MSK Raisi o‘rinbosari ishtirokida soat 13:00 holatiga ovoz berish jarayoni va saylovchilarning ishtirokiga doir brifing bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 13:00 holatiga mamlakatimiz hududida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 19 mln 270 ming 212 nafar saylovchilarning respublika hududida 10 mln 052 ming 289 nafari yoki 52,16 (ellik ikki butun yuzdan o‘n olti) foizi ovoz berishda ishtirok etdi.