O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev Tehronga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Tehronga yetib bordi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Eronga  jo‘nab ketgani haqda xabar bergan edik.

Prezident Matbuot xizmati ma‘lum qilinishicha, “Mehrobod” xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Oliy martabali mehmonni Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.