O’zbekiston O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ShHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ShHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun SHHT Bosh kotibi Chjan Min bilan  uchrashdi.

“Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. ShHTning kengayib borayotgan kun tartibi va oshib borayotgan iqtisodiy ahamiyati, aʼzo davlatlar oʻrtasida bog‘liqlikni mustahkamlash va mavjud ulkan salohiyatni toʻliq ro‘yobga chiqarish uchun samarali mexanizmlar ishlab chiqish kabi ko‘plab masalalarni muhokama qildik”, – deb yozdi Baxtiyor Saidov telegram-kanalida.