Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 1-iyul holatiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 742 tani tashkil etgan.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Rossiya – 2 869 ta
- Xitoy – 1 860 ta
- Turkiya – 1 741 ta
- Qozog‘iston – 950 ta
- Janubiy Koreya – 695 ta
- AQSH – 300 ta
- Qirg‘iz R. – 245 ta
- Tojikiston – 244 ta
- Ozarbayjon – 204 ta
- Germaniya – 196 ta
- Turkmaniston – 138 ta