O’zbekiston Ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli avtokorxona haydovchisi A.A. fuqarolar G.R va O.A.ni tanishlari yordamida ushbu kombinatga qarashli zavodga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kegeyli tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.A. fuqaro Z.B.ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1 400 AQSH dollari va 4,6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.