Sport va turizm Kilian Mbappe “Manchester Yunayted”ga o’tadimi?

Kilian Mbappe “Manchester Yunayted”ga o’tadimi?

Kilian Mbappening “PSJ”dan “Manchester Yunayted”ga o’tishi ehtimoldan yiroq.

The Athletic nashrining ikkala klubdagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Mbappening “MYu”ga o’tishi haqida xabarlar asossiz, chunki hujumchi bolaligidan “Real”da o’ynashni orzu qilgan.

Avvalroq Kilian “PSJ” bilan shartnomani yana bir mavsum – 2025 yilgacha uzaytirish variantini faollashtirmasligini aytgandi. Demak, u yozda yo klubini o’zgartiradi yoki keyingi yili tekinga ketadi.

24 yoshli hujumchi o’tgan mavsumda “PSJ” safida barcha turnirlarda 43 o’yinda 41 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.