“O‘zgidromet” 17-iyun, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41 daraja, janubda va cho‘l hududlarida 42-43 daraja gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32 daraja bo‘ladi.