O’zbekiston Hayit namozi o‘qiladigan vaqt e’lon qilindi

Hayit namozi o‘qiladigan vaqt e’lon qilindi

O‘zbekistondagi jome masjidlarda 2023-yil 28-iyun chorshanba kuni Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda shu yil 28 iyun kuni ertalab soat 05:15 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Respublikamizning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlar tafovutini inobatga olgan holda ado etiladi:

1. Andijon 05:10
2. Namangan 05:10
3. Farg‘ona 05:10
4. Toshkent sh. 05:15
5. Toshkent v. 05:20
6. Sirdaryo 05:25
7. Jizzax 05:30
8. Samarqand 05:35
9. Navoiy 05:40
10. Qashqadaryo 05:40
11. Buxoro 05:40
12. Surxondaryo 05:40
13. Xorazm 05:50
14. Qoraqalpog‘iston Res. 05:50

Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20-25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.