Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, qitʼa birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Chempionatning birinchi kunida hamyurtlarimiz bir qator yo‘nalishlarda bahslarga kirishadi.
Xususan, 4×100 metrda ayollar o‘rtasidagi estafetasining saralash bochiqichida qizlarimiz, erkaklar o‘rtasidagi 400 metr masafaga yugurish bo‘yicha saralash bosqichida Dilshodbek Boboqulov, ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrash bahslarining final bosqichida Xushnoza Shavkatova, erkaklar o‘rtasidagi 10000 metrga yugurish musobaqasining finalida Shohruh Davlatov va boshqalar medallar uchun kurash olib boradi.