O’zbekiston Turistik agentliklar tomonidan 238 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan

Turistik agentliklar tomonidan 238 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-may oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi 238 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi tarkibida Toshkent shahrining ulushi 67,4 %ni tashkil etdi.