O’zbekiston Baxtiyor Saidov Xitoy Elchisini qabul qildi

Baxtiyor Saidov Xitoy Elchisini qabul qildi

2023-yil 12-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yuy Szyunni qabul qildi. Bu haqda vazir telegram-kanalida xabar berdi.

“Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yuy Szyunning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilganimizdan mamnunmiz. Ikki tomonlama hamkorligimizda ko‘plab natijalarga guvoh bo‘lmoqdamiz. Yanada ko‘prog‘i oldinda. O‘zbekiston-Xitoy aloqalari yuqori sur’atda rivojlanmoqda, mavjud salohiyat esa undanda yuqori. Xush kelibsiz, janob Elchi!”, – deb yozdi Baxtiyor Saidov.