Ichki ishlar IIV huzuridagi Tergov departamentida yarim yillik ish yakunlari sarhisob qilindi

IIV huzuridagi Tergov departamentida yarim yillik ish yakunlari sarhisob qilindi

Kuni kecha, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Ya.Abdulxakov raisligida Tergov departamenti va uning quyi boʻlinmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida videokonferensaloqa tizimi orqali yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Yigʻilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari, tergov koʻrsatkichlari, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlarga toʻxtalib oʻtildi, shuningdek, oʻtgan davrda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, tergov sifati, murojaatlar bilan ishlash va boshqa yoʻnalishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan Departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik B.O. Jalolov soʻzga chiqib, xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni taʼminlash borasida hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilish yakunida Vazir oʻrinbosari tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni oldini olish hamda tergov sifatini oshirish yuzasidan hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga topshiriqlar berilib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan qator vazifalar belgilab olindi.