Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shovot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.X. jami 350 mln Rossiya rublini fuqaro A.O.ga 44,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.S. jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro P.A. ga 34 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Chortoq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.B jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro I.S.ga 34,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.