Ichki ishlar Fargʻonada tandir ichidan “ogʻu” topildi

Fargʻonada tandir ichidan “ogʻu” topildi

2023-yilning 22-iyun kuni Fargʻona viloyati IIB TQX JQB va tuman IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Qumtepa mahalla hududida yashovchi, Yu.R.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, yashash xonadoni tandiri ichida quruq xoldagi “koʻknori somoni” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida tariqasida olingan.

Viloyat IIB Axborot xizmati xabar qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin”, – deyilgan xabarda.