O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar sohasida ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar sohasida ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi

Hukumat komissiyasi hududlarda bo‘lib, iqtisodiyotga katta turtki beradigan 97 ta yirik sanoat loyihasini shakllantirdi. Bu loyihalar yer va kredit masalalarini hal qilish orqali 6,7 milliard dollarni o‘zlashtirib, 27 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Shu bois ushbu sanoat korxonalarini tezroq ishga tushirish uchun Hukumat komissiyasining vakolatlari kengaytiriladi.

“Takror aytaman. Agar bu ishlarni hozirdan to‘g‘ri tashkil qilsak, iqtisodiyotimizda keskin o‘sish bo‘ladi, ish o‘rinlari va aholi daromadlari ko‘payadi”, dedi davlatimiz rahbari.