Jahon Qoʻshma Shtatlar SSSR parchalanganidan beri birinchi marta yadro kallaklarini ishlab chiqarishni tikladi

Qoʻshma Shtatlar SSSR parchalanganidan beri birinchi marta yadro kallaklarini ishlab chiqarishni tikladi

Milliy yadroviy xavfsizlik boshqarmasi (NNSA) maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Qoʻshma Shtatlar oʻnlab yangi yadro kallaklarini chiqaradi.

Bu yil, NNSA hisobotiga koʻra, strategik va taktik jangovar kallaklar, hamda 80 ta plutoniy yadrosini ishlab chiqarish dasturi rejalashtirilgan. Plutoniy bombalarning asosiy elementi hisoblanadi.

Shuningdek, Yevropada joylashtirilgan B61-12 yadroviy bombalarining xizmat qilish muddatini uzaytirish va suv osti kemalarida joylashtirilgan Trident II qitʼalararo ballistik raketalarining jangovar kallaklarini modernizatsiya qilish boʻyicha ishlarni davom ettirish rejalashtirilgan.