O’zbekiston Jahonda energiya resurslarini tejash masalasining dolzarbligi tobora ortib bormoqda

Jahonda energiya resurslarini tejash masalasining dolzarbligi tobora ortib bormoqda

Shu bois yurtimizda “yashil energetika”ni rivojlantirish va iqtisodiyotga energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha katta marralar olingan.

Energiya ta’minotidagi defisitni to‘liq qoplash maqsadida aprel oyida har bir tuman va shaharda o‘rganishlar o‘tkazildi. Shu asosda 4,5 milliard kub metr gaz va 7,5 milliard kilovatt soat elektrni iqtisod qilish bo‘yicha tumanbay dasturlar qabul qilindi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, ko‘p hudud va tarmoqlarda hali aytarli natija bo‘lgani yo‘q, rahbarlari esa “so‘rov bo‘lmayapti” deb, bu vazifalarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan.

Xususan, Toshkent viloyati rejaga nisbatan 40 million kub metr, Toshkent shahri 19 million, Samarqand 13 million, Xorazm 3,5 million kub metr gazni ko‘p iste’mol qilgan.

Elektr bo‘yicha Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyati, Farg‘ona va Toshkent shahrining birorta tumani tejash rejasini bajarmagan.

Energetika kompleksi rahbarlari bu ishlarni pastda tizimli tashkil qila olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.