O’zbekiston 12 nafar hokim ishdan olindi. Ularning faoliyatini Bosh prokuratura tekshiradi

12 nafar hokim ishdan olindi. Ularning faoliyatini Bosh prokuratura tekshiradi

Ayni daqiqalarda bo’layotgan videoselektorda Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlarida tegishli ko‘rsatkichlar pastligi, investitsiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi

Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi.