O’zbekiston Xitoydagi vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz bermoqda

Xitoydagi vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz bermoqda

2-iyul kuni Pekin shahridagi 49–saylov uchastkasida O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan 16:00 ga qadar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muddatidan oldin ovoz berishning beshinchi kunida Xitoyning Xubey, Szyansu va Xeylunszyan provinsiyalaridan tashrif buyurgan vatandoshlarimiz o‘z siyosiy huquqlaridan samarali foydalandilar.

Mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasida joriy yil 28-iyundan 2-iyul kuniga qadar yuzga yaqin fuqarolarimiz muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovida oldindan ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.