Toshkentdagi 6-sonli tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yashovchi ayolning 6-sonli tug‘ruqxona akusher-ginekologining ehtiyotsizligi sababli egizak farzandlari vafot etganligi haqida shikoyat qilingan.
Aniqlanishicha, 2023 yil 22 iyun kuni 26 yoshli ayol D.Sh. 26 haftalik muddatidan oldin egizak chaqaloqlar dunyoga keltirgan.
Ish hujjatlariga ko‘ra, 2023-yil 23-iyun kunida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan shahar 6-sonli tug‘ruq kompleksida 26 yoshli ayol D.Sh.ning farzandlari Ya.Turg‘unova va Ya.Turg‘unovalar vafot etgan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.