Ichki ishlar Qashqadaryoda xonadonida 25 tup kannabis parvarishlab kelayotgan shaxs fosh etildi

Qashqadaryoda xonadonida 25 tup kannabis parvarishlab kelayotgan shaxs fosh etildi

Mamlakatimizda oʻtkazilayotgan “Qoradori-2023» tezkor profilaktik tadbiri davomida ichki ishlar organlari xodimlarining huquqni muhofaza qiluvchi va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan tadbirlari davomida bir qator ogʻu shaydolarining kirdikorlari fosh etilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyat IIB TQX JQB va Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB hamda boshqarma JXX JTSB PPXB xodimlari tomonidan 2023-yil 25-iyun kuni oʻtkazilgan “Qoradori-2023» tadbiri davomida Qarshi shahar “Buyuk Turon” MFYda yashovchi T.A.ning hovlisi koʻzdan kechirilganda hovlisining tomorqasidagi yerga 20 tup, 4 dona yelim idishda 5 tup ekilgan holda, bundan tashqari molxonada 3 tup, tandirxonada 1 tup, isitish pechining oldida 2 tup quritish uchun uzib olingan nam holatdagi taqiqlangan kannabis oʻsimligi tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Bu kamlik qilganidek, T.A. hovlisidagi isitish pechining ustida 7 dona qogʻoz boʻlaklariga oʻralgan quritilgan holdagi marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlab olindi.

Olingan barcha kannabis oʻsimliklarning sof ogʻirligi 26,829 gramm, marixuana esa 11,5 gramm tosh bosdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

“Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyilgan xabarda.