O’zbekiston Davlatimiz rahbari har bir masalaga alohida to‘xtalib, muammolarning yechimini ko‘rsatib o‘tdi

Davlatimiz rahbari har bir masalaga alohida to‘xtalib, muammolarning yechimini ko‘rsatib o‘tdi

Paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirib, bu yili kuzda va kelgusi yil bahorida yana 70 ming gektar ekin yerlarini aholiga tarqatish reja qilingan.

Lekin hokimlar bugungi kungacha ajratilgan 200 ming gektardan samarali foydalanishni to‘g‘ri tashkil qila olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Jumladan, suv ta’minoti va unumdorligi yaxshi bo‘lmagani uchun jami yerlarning 13 ming gektari yoki 8 foizi qarovsiz turibdi.

Buxoro, Qashqadaryo va Namanganda atigi 15 foiz yerlar ehtiyojmand oilalarga berilgan.

Shu munosabat bilan dastlabki bosqichda 10 yil muddatga ajratilgan 73 ming gektar maydonning ijara muddatlari 30 yilga uzaytirib berilishi belgilandi.

Bo‘sh turgan 100 ming gektar yaylovlar chorvasi bor aholiga kamida 10 gektardan 10 yil muddatga ijaraga olishiga ruxsat beriladi.

“Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan ehtiyojmand aholiga yerlarni berishda ular yer uchun barcha to‘lovlardan ozod qilinadi.