Joriy yilning 21-iyul kuni soat 19:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko’chasida haydovchi davlat raqami 60 Y 590 WA belgili Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib o’zidan oldinda ketayotgan davlat raqami 01 U 964 LB belgili Damas rusumli avtomashinasi bilan to’qnashuv sodir etgan.
To’qnashuv zarbidan so’ng Damas avtomashanasi tartibga solinmagan piyodalar o’tish joyida yo’lni kesib o’tayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Haydovchilardan avtomashina boshqarish davomida tartibga solinmagan piyodalar o’tish joylariga yaqinlashganda tezlikni pasaytirishlarini va piyodalarga to’xtab yo’l berib, o’tkazib yuborishlarini , oraliq masofa saqlab harakatlanishlarini so’rab qolamiz”, – deyilgan Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabarida.