O’zbekiston IСAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

IСAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan ICAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqasi aviatsiya mamuriyatlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosiga a’zo bo‘lgan 50 dan oshiq davlatlar aviatsiya ma’muriyati rahbarlari ishtirok etishmoqda.

Tadbirda parvozlar xavfsizligini ta’minlash ustidan nazoratni takomillashtirish, fuqaro aviatsiyasining atrof-muhitga ta’siri hamda ICAO standartlarini tadbiq etishda hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.