Sport va turizm “Chelsi” “Inter” bilan Lukaku, Kulibali va Onana bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

“Chelsi” “Inter” bilan Lukaku, Kulibali va Onana bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

“Chelsi” klubi yaqin kunlarda “Inter” bilan bir necha transferlarni muhokama qiladi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

Manba xabariga ko‘ra, tomonlar hujumchi Romelu Lukaku bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishadi. Ijara muddati yakunlangan belgiyalik futbolchi keyingi oyda Londonga qaytishi kerak, ammo hujumchi Milanda qolishni istayapti.

O‘z navbatida “nter” himoyachi Kalidu Kulibali ijarasini muhokama qilmoqchi.

“Inter” darvozaboni Andre Onana katta ehtimol bilan muzokara dasturiga kiritiladi. “Chelsi” uning transferiga qiziqish bildirmoqda.