O’zbekiston “O‘zgidromet” 31-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 31-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 31-iyul, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 42 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30 daraja bo‘ladi.