O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev: “To‘palang” suv omboridan ichimlik suvi olib kelish bo‘yicha katta loyiha...

Shavkat Mirziyoyev: “To‘palang” suv omboridan ichimlik suvi olib kelish bo‘yicha katta loyiha keyingi yilda to‘liq yakunlanadi

Surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev viloyatda suv ta’minotini yaxshilashga oid rejalari haqida to‘xtaldi.

“Germaniyaning “KFV” bankidan jalb qilingan 100 million dollar sarmoya hisobiga Termiz shahrida oqova suv tizimi ta’mirlanadi.

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi yordamida Sariosiyo, Denov va Jarqo‘rg‘onda oqova suv tizimlari quriladi.

Xabaringiz bor, “To‘palang” suv omboridan Surxondaryo aholisi uchun ichimlik suvini olib kelish bo‘yicha katta loyihani boshladik. Bu loyiha keyingi yilda to‘liq yakunlanadi.

Natijada, hudud aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 90 foizga yetkaziladi.

Umuman, viloyatdagi ichimlik va oqova suvi loyihalariga 460 million dollar ajratiladi”, — dedi nomzod.