Jahon Rossiyada migratsiya boʻyicha alohida organ tuzish taklif qilindi

Rossiyada migratsiya boʻyicha alohida organ tuzish taklif qilindi

Bu haqda Davlat dumasi deputati Konstantin Zatulinga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

“Agar biz migratsiyada faqat bir tomonni koʻrsak, bu ishni Ichki ishlar vazirligiga topshirsak, biz migratsiya qanday qilib mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun ishlashiga toʻliq aniqlik kirita olmasligimizni tushunishimiz kerak. Bularning barchasi birgalikda vakolatli organ tuzishni talab qiladi”, dedi u.

Deputatning soʻzlariga koʻra, vakolatli organ migrantlar oqimini hududlar va mashgʻulotlar boʻyicha taqsimlaydi.