Jahon Putin yadro zarbasi berish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarga tayyorlanishni topshirdi

Putin yadro zarbasi berish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarga tayyorlanishni topshirdi

Rossiya Janubiy harbiy okrugi qo‘shinlari, havo va dengiz kuchlari ishtirokida strategik bo‘lmagan yadro qurollarini tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Prezident Vladimir Putin Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabiga strategik bo‘lmagan yadro qurollarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishni topshirdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Nostrategik yadroviy kuchlarning jangovar topshiriqlarni bajarishga tayyorligini oshirish maqsadida Bosh shtab Janubiy harbiy okrugning raketa tuzilmalari bilan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi”, — deyiladi xabarda.
Manyovrlar aviatsiya va dengiz floti ishtirokida yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.