O’zbekiston Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Bektemir tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 18-iyun kuni soat 12:20 larda Cobalt, Spark, Nexia 2 va ikkita Lacetti avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo’q.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, – deyilgan xabarda.