O’zbekiston Andijonda 573 mln so‘mni o‘zlashtirgan xususiy korxona rahbari aniqlandi

Andijonda 573 mln so‘mni o‘zlashtirgan xususiy korxona rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati Izboskan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.X.” xususiy korxonasi rahbari O.X. va boshqalar tumandagi Naqshband ko‘chasining me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 573 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.