Prokuratura Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinsoy tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.R. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu sexdan 717 kg chigit, 1 126 kg qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.