O’zbekiston Yil boshidan O‘zbekistonda qancha birlamchi tibbiyot muassacasi tashkil etildi?

Yil boshidan O‘zbekistonda qancha birlamchi tibbiyot muassacasi tashkil etildi?

Bugun yurtimizda tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini rivojlantirish, uni kasalliklarni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Shu boisdan mazkur sohada malakali tibbiy xizmatni har bir mahalla, har bir xonadongacha kirib borishini ta’minlashga katta mablag‘, imkoniyat va salohiyat safarbar etilyapti.

Aytish lozimki, ushbu tizimni aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida 2023-yilda mamlakatimizda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish belgilangan edi.

Joriy yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, 11 ta oilaviy poliklinika, 35 ta oilaviy shifokor punkti va 35 ta mahalla tibbiyot punktlari tashkil etilib, 250 ming nafar aholiga birlamchi tibbiyot yaqinlashtirildi.

Jumladan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 ta oilaviy shifokor punkti;
  • Andijon viloyatida 2 ta oilaviy poliklinika va 5 ta oilaviy shifokor punkti, 5 ta mahalla tibbiyot punkti;
  • Buxoro viloyatida 1 ta oilaviy poliklinika va 1 ta oilaviy shifokor punkti;
  • Jizzax viloyatida 2 ta oilaviy shifokor punkti;
  • Navoiy viloyatida 2 ta oilaviy shifokor punkti;
  • Namangan viloyatida 4 ta oilaviy poliklinika va 2 ta oilaviy shifokor punkti;
  • Samarqand viloyatida 4 ta oilaviy shifokor punkti va 15 ta mahalla tibbiyot punkti;
  • Sirdaryo viloyatida 3 ta mahalla tibbiyot punkti;
  • Surxondaryo viloyatida 1 ta oilaviy shifokor punkti;
  • Toshkent viloyatida 8 ta mahalla tibbiyot punkti;
  • Farg‘ona viloyatida 4 ta oilaviy poliklinika va 7 ta oilaviy shifokor punkti;
  • Xorazm viloyatida 3 ta oilaviy shifokor punkti va 4 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etildi.