O’zbekiston Namaganda sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi

Namaganda sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlatobod tumanida yashovchi B.S. va N.K. 3 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni fuqaro E.A.ga 20 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 3 dona sariq rangli metall umumiy vazni 298,43 gramm bo‘lgan “992” probali sof oltin ekanligi qayd etilib, 222,8 mln so‘mga baholangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.