O’zbekiston Buxoroda behayo raqs tushganlar javobgarlikka tortildi

Buxoroda behayo raqs tushganlar javobgarlikka tortildi

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda 1 nafar qiz va 1 nafar oʻgʻil bola Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan muqaddas qadamjolardan biri bo‘lgan “Poyi Kalon” majmuasi (Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi) oldida madaniyatsiz hatti-harakatlar bilan raqsga tushgani aks etgan videolar tarqaldi.

Mazkur video Buxoro shahar IIO FMB da belgilangan tartibda qayd etilib, masʼul xodimlar tomonidan kechiktirib boʻlmas tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi.

Aniqlanishicha, 2022-yilning iyul oyi oʻrtalarida 2004-yilda Gʻijduvon tumanida tugʻilgan, tumanning “Zarangari” mahallasida roʻyxatda turuvchi, Buxoro shahar A.Somiy koʻchasida vaqtincha ijarada yashovchi E.M. ismli ayol oʻzining tanishi 2004-yilda Kogon tumanida tugʻilgan, hozirda Samarqand temir yoʻl texnikumi 1-bosqich talabasi, Kogon tumani “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi A.A. ismli yigit bilan Buxoro shahrining tarixiy qismidagi “Poyi Kalon” majmuasiga taxminan soat 05:00 larda kelib, turli beoʻxshov qiliqlar qilib, boshqa bir “H.” ismli tanishining qoʻl telefoniga videoga olinganligi hamda oʻtgan yili ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, har ikkala fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortildi va “H.” ismli fuqaroning shaxsini aniqlash choralari koʻrilmoqda.

“Holatni videoga olib ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborgan H. ning shaxsiga aniqlik kiritilib, qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarligi taʼminlanadi”, – deyiladi Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.