O’zbekiston Yunusobod tumanida bank manfaatlariga 535,3 mln so‘m zarar yetkazgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Yunusobod tumanida bank manfaatlariga 535,3 mln so‘m zarar yetkazgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Shahriston bank xizmatlari markazining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “X-B.” va “V.S.” MCHJ rahbarlari ushbu MCHJlarga ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga garovga qo‘yilgan “Howo” rusumli maxsus texnika vositalarini yaroqsiz holatga keltirishib, bank manfaatlariga 535,3 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.