O’zbekiston Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanasi ma’lum qilindi

Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanasi ma’lum qilindi

Joriy yilning 28-iyun kunidan boshlab 05-iyul kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi.

Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.

Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi.