O’zbekiston Gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishni va’da...

Gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi aholi xonadonlariga texnik xizmat ko‘rsatish chilangari J.A. fuqaro D.N.ning xonadonidagi isitish qozoni gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.