Jahon Gʻalaba paradi uchun Moskvaga yetti nafar xorijiy davlat rahbari tashrif buyurdi

Gʻalaba paradi uchun Moskvaga yetti nafar xorijiy davlat rahbari tashrif buyurdi

RF Mudofaa vazirligining “Zvezda” telekanali bugun 9-may sharafiga oʻtkaziladigan tantanalarda ishtirok etishi kerak boʻlgan xorijiy davlatlar rahbarlari roʻyxatini taqdim etdi.

Ular:

— Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko;
— Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov;
— Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan;
— Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev;
— Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev;
— Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon;
— Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov‌‌.