Ichki ishlar Namanganda yuk mashinasi ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlganligi haqidagi xabar yuzasidan...

Namanganda yuk mashinasi ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlganligi haqidagi xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda yuk mashinasi ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlganligi haqidagi videotasvirlar tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB JXX YHXB quyidagilarni maʼlum qiladi.

2023-yil 02-may kuni soat 15:00 larda 4R-112 “Fargʻona xalqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 46 km.da  “HOWO” rusumli avtomashina “Chust-Namangan” yoʻnalishida harakatlanib, yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishiga oʻtib ketgan. Natijada “Namangan-Chust” yoʻnalishida harakatlanayotgan “ISUZU” rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida har ikki transport vositasi texnik shikastlangan. Tan jaroxati olgan haydovchilarga birinchi yordam koʻrsatilib, shifoxonaga yuborilgan.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati